Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanidagi “Umakay” YPX maskanida “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Aniqlanishicha, fuqaro J.Ch. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotgan. Natijada jami 400 kg goʻsht ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling