Sirdaryo daryosining Guliston tumani, “Terakzor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Unda fuqarolar I.D., B.Y. va I.D, tomonidan elektr qarmoq hamda rezina qayiq yordamida turli xildagi 36 ta baliq, jumladan, 1 dona Qizil kitobga kiritilgan "Turkiston mo‘ylovdori" ovlangani ma‘lum bo‘ldi.
Huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 694 mln 220 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Reyd davomida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ovlangan 36 dona baliq, 1 dona elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 2 dona akkumulyator, 1 juft eshkak, 1 dona tutgich va 1 dona tungi yoritish moslamasi holatga huquqiy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.
Ish yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida Sirdaryo viloyat prokuraturasiga yuborildi.