Abduqodir Husanov "Tottenhem"ga qarshi toʻliq oʻynadi. Gvardiola uni maqtadi

APL doirasida "Manchester Siti" — "Tottenhem" uchrashuvi 26-fevral kuni boʻlib oʻtdi

APL doirasida "Manchester Siti" — "Tottenhem" uchrashuvi 26-fevral kuni boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda "shaharliklar" 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi.

Unda oʻzbekistonlik Abduqodir Husanov toʻliq harakat qildi. Uchrashuvdan soʻng "Man Siti" ustozi Xosep Gvardiola himoyachini maqtadi.

"Husanov allaqachon kiyinish xonasida yoqimtoyga aylangan. Bugun u oʻyinga hatto tish choʻtkasi va boshqa ortiqcha narsalarsiz kelibdi. Hech narsa olmagan. Shunchaki futbol oʻynash uchun keldi.

U bilan gaplashsangiz, faqat kulib turadi, jilmayadi. Lekin u ishonchli futbolchi.

U juda tez, judayam, judayam tezkor. Toʻp bilan muomala va uzatmalarining sifati gʻayrioddiy darajada. U hali endi 20 yoshda. Vaqt oʻtgan sari yaxshilanib boraveradi.

Undagi tezlikni shu paytgacha koʻrmaganman. Tezkor futbolchilarni koʻp koʻrganman, lekin u eng yaxshilaridan biri.

Uni hamma yaxshi koʻradi. U kamgap, mehnatkash, nolimaydi, juda kamtar. Shuning uchun ishonchim komilki, muxlislarimiz uni sevib qolishadi.

"Chelsi"ga qarshi oʻyinning dastlabki 5 daqiqasida boʻlgan voqeadan soʻng oʻzini oʻnglash oson emas edi, ammo u oʻzini yoʻqotmadi hamda vaziyatni yaxshiladi. Soʻnggi oʻyinlarda juda yaxshi natija koʻrsatdi", — deydi ispaniyalik mutaxassis.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling