Oʻzgidromet 24-oktyabr kuni mamlakat boʻylab havo qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va etalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 15-17° boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19° boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 510 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 14-19° boʻladi.
TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLAR
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling