Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Harorat foni iqlim me‘yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechalari 8-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida 20-25 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib 23-28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 30-32 darajagacha ko‘tariladi.
10-oktabr – juma kuni respublika shimolida ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduzi havo harorati 22-24 darajani tashkil etadi. Hafta davomida kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 23-26 daraja atrofida bo‘ladi.