Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

40 nafardan ziyod ziyoratchilar xorijga chiqish pasportlarini yo‘qotgani bois qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qildi.

Bu yilgi Haj ziyorati paytida kuzatilgan jazirama natijasida va surunkali kasalligi bo‘lgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi Saudiya Arabistonida vafot etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Shuningdek, Haj mavsumiga noqonuniy yo‘llar bilan borgan yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik ham ushbu mamlakatda olamdan o‘tdi.

Bundan tashqari, Haj ibodati tugaganidan so‘ng Bosh konsulxonaga 40 nafardan ziyod ziyoratchilar xorijga chiqish pasportlarini yo‘qotgani bois O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling