17-dekabr kuni soat 15:40 larda Qarshi shahar, “Kunchiqar” MFYda yashovchi fuqaro B.T. (1978-y.t.) va uning farzandlari T.A. (2006-y.t.), S.A. (2008-y.t.), M.A. (2014-y.t.) lar isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida oʻz yashash xonadonida vafot etgan.
Koʻzdan kechirish davomida aniqlangan dastlabki holatga koʻra, uyning yertoʻlasida oʻrnatilgan zamonaviy isitish qozonining (dvux konturnыy kotyol) yongan is gazi chiqishi uchun oʻrnatilgan moʻrining umumiy havo tortish moʻrisiga (vыtyajnaya ventilyatsiya) ulangan qismidan is gazining sizib chiqayotganligi aniqlangan.
Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.