Taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriati va magistraturasida toʻlov-kontrakt toʻlash muddati 31-dekabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek:
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar;
- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiu oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
bazaviu va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiumatidan 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.
Bu 2024/2025-oʻquv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchun amal qiladi.