Samarqandga 8 ta elektrobus olib kelindi

Yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobuslar keltirilishi rejalashtirilgan

6-noyabr kuni Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelindi. Yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobuslar keltirilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda 100 ta elektrobus.

2023-yil may oyida mazkur loyihaga asosan dastlabki elektrobuslar olib kelinib, M1-sonli “Temiryoʻl ABB – Samarqand xalqaro aeroporti” yoʻnalishida yoʻlovchilar xizmatiga chiqarilgan edi.

Hozirda elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Rejadagi transport vositalari olib kelingach, belgilangan tartibda Samarqand shahar jamoat transporti yoʻnalishlariga biriktiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling