Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Harorat kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, baʼzi joylarda 22 daraja iliqqacha boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat pasaya boshlaydi.
23-fevral, yakshanba kuniga kelib, kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqqacha pasayadi.
Bugun 21-fevralda respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. 22-fevralda janubiy hududlarda va choʻl zonasida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
23-fevralda respublikaning koʻpchilik hududlarida (Fargʻona vodiysidan tashqari) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida 21-23-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 5-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq boʻladi.