Baxtiyor Saidov Isroilning Oʻzbekistondagi elchisiga Zvi Koganning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Gideon Lustig bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.

Maʼlum qilinishicha, vazir Zvi Koganning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Vazirning yozishicha, Oʻzbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan doʻstona munosabatda boʻlib kelgan.

“Biz millatchilikning hech qanday koʻrinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yoʻq. Oʻzbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, — deb yozadi Baxtiyor Saidov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling