Toshkent metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi.
“Toshkent metropoliteni” DUK xabariga koʻra, yoʻlovchilar tomonidan ushbu qulaylik iliq kutib olingani va sinov jarayonlari oʻzini oqladi.
Shuningdek, boshqa bekatlarga nisbatan yoʻlovchilar bilan gavjum boʻlgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi uchun zarur ishlar amalga oshirilishi boshlanmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq, nomaʼlum erkak metro bekatida hojatini chiqarib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling