2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
— bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
— qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
— oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
— qabul parametri doirasida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
— tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super) asosida oʻqish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling