Toshkent shahri ko‘chalarida 4-yanvar kuni harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar soat 11:00 dan 13:00 gacha avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
![](/storage/uploads/thumbnails/2-1735910894-ogabek-post-material-large.webp)
Jumladan:
- Qoraqamish-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- KXAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Nurafshon-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy-Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar-Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Zarqaynar-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Islom karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Furqat-Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat-Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
"Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", — deyiladi xabarda.