Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Gʻafur Gʻulom” MFY hududi A.Navoiy koʻchasida joylashgan doʻkonlarlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqdagi xabar 10-dekabr kuni soat 03:49 larda Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan yongʻin joyiga 16 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb qilingan.
Ekipajlar yongʻin joyiga soat 03:54 yetib borib, yongʻin soat 05:50 da toʻliq oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling