Chorshanba kuni ham mamlakat hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq boʻladi

Oʻzgidromet 6-noyabr kuni Oʻzbekiston hududlarida havo harorati qanday boʻlishini maʼlum qildi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 13-15° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 10-15° iliq, kunduzi 6-8° iliqqacha pasayadi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling