19-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
20-oktabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 20-oktabrga kelib kechasi 10-12 darajani, kunduz kuni 25-28 darajani tashkil etadi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 ms tezlikda esadi.
Harorat kunduzi 18-oktabrda 20-22 daraja, 19-oktabrda kechasi 6-8 daraja, kunduzi 23-25 daraja, 20-oktabrda kechasi 9-11 daraja, kunduzi 25-27 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling