Sentabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, harorat 26-29 daraja, ba‘zi joylarda 31 darajagacha bo‘ladi. 1-2-oktabrda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi.
1-oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Navoiy, Toshkent viloyati shimolida ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2-oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 3-oktabrda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.
Harorat foni 1-2-oktabrda 8-10 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni 8-13 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati 18-23 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari 4-9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-18 darajagacha pasayadi.
3-oktabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi. Respublika janubida bunday iliq ob-havo 1-oktabrgacha saqlanib turadi, 2-3-oktabrdan esa harorat 20-25 darajagacha pasayadi.
O‘zbekiston bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 28-30-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-oktabrda, kechasi va ertalab 2-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi,10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29-30-sentabrda kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-29 daraja bo‘ladi.
1-2-oktabrda harorat kechalari 8-11 darajagacha, kunduz kunlari 18-21 darajagacha pasayadi. 3-oktabrda kechasi 8-11 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.