Samarqandda Gentra beton toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketdi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

10-noyabr kuni soat 05:00 larda Samarqand viloyati, Payariq tumani hududidan oʻtuvchi 4R-49 avtomobil yoʻlining 12.km da YTH sodir boʻldi.

Gentra mashinasi haydovchisi tezlikni meʼyoridan oshirib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlning oʻng tomonidagi beton toʻsiqqa urildi.

Oqibatda haydovchi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling