Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Mahtumquli koʻchasida 19-fevral kuni soat 09:15 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Lacetti, Malibu, Cobalt va Lada mashinalari toʻqnashgan.
YTH sababi — Lacetti haydovchisi harakat davomida uxlab qolishi oqibatida oldinda harakatlanib kelayotgan transport vositalari bilan toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohat olganlar yoʻq.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.