Bugundan boshlab kunlar sezilarli darajada salqinlashdi va tez orada salqin havo oʻrnini ayozli kunlar bosadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Hokimlik shu bois poytaxt aholisi va mehmonlariga eʼtiborlarini qarovsiz kuchuk va mushuklarga qaratish yuzasidan murojaat qildi.
“Hoynahoy ular siz yashab turgan hovlida ham boʻlsa kerak. Hurmatli haydovchilar! Avtomobillaringizni oʻt oldirishdan avval uni tekshirib koʻrishingizni soʻraymiz, chunki, sovuq havoda jonivorlar issiq boshpana izlab, koʻpincha mashina gʻildiraklari va kapotlari ostida yashirinadilar. Bir muddat shoshmang, mashinani tekshirish uchun bir daqiqa vaqt ajrating.
Imkoningiz va xohishingiz boʻlsa, boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering. Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim boʻlgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin”, — deyiladi murojaatda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling