Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.L. Yekaterinburg shahriga turmush o‘rtog‘i bilan vaqtincha ishlash maqsadida kelgan qizi M.O.ning tug‘ruqxona bilan bog‘liq muammolarini hal qilish berishni so‘rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi "Ayollar kengashi" raisi mazkur murojaatni o‘rganib chiqdi. Maʼlum bo‘lishicha, M.O. Yekaterinburg shahrida turmush o‘rtog‘i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush o‘rtog‘i oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida bo‘lg‘usi onaning homilasiga va O‘zbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yo‘qligi maʼlum bo‘ldi.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar ko‘magida fuqarolarning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berildi.