Bugun kunduzi respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda va janubda baʼzi joylarda 2 daraja iliqqacha boʻladi.
Oʻzbekisiton hududining katta qismida quruq ob-havo 19-dekabr kuniga qadar saqlanib turadi. Faqat 19-dekabr chorshanba kuni Qoraqalpogʻston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarida yogʻingarchilik boʻladi.
Respublika hududi boʻyicha harorat 17-dekabr kuni kechasi 8-13 daraja sovuq boʻlishi saqlanib turadi, kunduz kuni esa havo harorati koʻtarila boshlaydi. 19-dekabrga kelib, harorat kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 5-7 daraja iliqqacha, janubda baʼzi joylarda 10 daraja iliqqacha koʻtariladi.
20-dekabr-juma kuni Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi. Kunduz kungi harorat 0-3 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 18-20-dekabrda baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida 16-19-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 10-12 daraja sovuqdan 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-5 daraja sovuqdan 5-7 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.
20-dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling