Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali yetakchi mutaxassisi Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi MCHJda o‘tkazilgan tekshiruvda nosoz gaz hisoblash uskunasidan foydalanilganligini aniqlab, bu bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzadi.

U tuzilgan dalolatnomani bekor qilish va olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MCHJ vakilidan 6 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu “yetakchi mutaxassis” so‘ralgan pul mablag‘ini “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali binosi oldida olgan vaqtida ushlandi.

O‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvi natijasiga ko‘ra, gaz hisoblagich tashqi taʼsir ko‘rsatilmagan holda nosoz holatga kelgan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov harakatlari doirasida yetakchi mutaxassisni IJQKD Jizzax shahar bo‘limidagi “tanishi”ning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling