Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Yashnobod tumanida fuqaro J.R. fuqaro B.R.ga jami 15 ming dollarni 193,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Karmana tumanida fuqarolar J.B. va D.S. 4 385 dollarni 57 mln soʻmga sotgan vaqtida, Qarshi tumanida fuqaro A.S. 3 800 dollarni 49,6 mln soʻmga sotgan vaqtida, Mingbuloq tumanida fuqaro O.A. 3 500 dollarni 45,4 mln soʻmga sotgan vaqtida, Buxoro tumanida fuqaro H.Y. 3 100 dollarni 39,6 mln soʻmga sotib olgan vaqtida, hamda Yangiyoʻl shahrida fuqaro Sh.G. 3 ming dollarni 39 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.