Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani mazmunidagi xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻrganmoqda.
Aniqlanishicha, 14-oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi Gʻ.O. (2017-yilda tugʻilgan) ni oʻqituvchisi A.G. (ayol) qoʻliga igna tiqqanligi va hojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq oʻtkazganligini bildirgan.
Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan Gʻ.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling