Ijodkorlarga ipoteka krediti dastlabki to‘lovining yarmi qoplab beriladi

Har yili 1 ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi.

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Endilikda har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san‘at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi. 

Ijodiy tashkilotlar, madaniyat va san‘at muassasalariga boshqa hududdan kelib ishlayotgan soha vakillari ham ko‘p. 

Bugundan boshlab ularga uy-joy ijarasi uchun Toshkent shahrida oyiga 2,5 million so‘mgacha, viloyatlarda 1 million 600 ming so‘mgacha xarajatini qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi. 

Har yili faoliyatida yaxshi natijaga erishgan 1 ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. 

Yana 2 ming nafar ijodkorga davlat tomonidan tibbiy sug‘urta paketi taqdim etiladi. Kamida 10 yil ishlagan xodimlarga sanatoriylariga bepul yo‘llanma beriladi. 

15-iyundan xalq artisti, xalq shoiri, xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvonga ega ijodkorlarning aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanishi ta‘minlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling