Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida Oʻzbekistonga xorijda ota-ona qaramogʻisiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ulardan bir nafari Rossiya Federatsiyasidan qolgani ikki nafari esa Xitoy Xalq Respublikasi hududidan keltirildi. Agentlik tomonidan voyaga yetmaganlarning oilalari va Oʻzbekistondagi yaqin qarindoshlari oldindan oʻrganib chiqilgan boʻlib, ularning ogʻir turmush sharoitida qoldirilganligi baholanmoqda.
Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, oʻqishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni oʻz ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Maʼlumot uchun, oktabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 11 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi.
Yaqin kunlarda yana Rossiyadan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling