Gʻuzor tumanida fuqaro A.I. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqarolar M.H. va uning singlisi M.H.ning ishonchiga kirib, ularga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida subsidiya asosida uy-joy olib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 1 600 dollar va 3,8 mln soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Ushbu pullar hisobidan 6 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling