“Oʻzenergoinspeksiya” oʻtkazgan nazorat tadbirlarida 358 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra 25,4 mln metr kub tabiiy gaz (62,2 mlrd soʻm) va 29,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (35,8 mlrd soʻm) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 98,1 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida miqdori 370,8 tonna qiymati 6,3 mlrd soʻmlik neft mahsulotlaridan belgilangan talablarga zid ravshda foydalanish holatlari aniqlandi.
Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha 342 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
Xususan, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 142 tasi elektr energiyasi, 200 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.