Foto: Sputnik
Tojikistonning barcha taʼlim muassasalarida tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qishki taʼtil 20-yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda “Interfax” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatda oʻn kunlik qishki taʼtil 1-yanvardan boshlangan, biroq anomal sovuq havo sababli bilan 10-yanvar avvaliga 16-yanvarga, keyin esa 20-yanvarga qadar uzaytirildi.
Maʼlumotlarga koʻra, ayni vaqtda Dushanbeda -7 daraja sovuq qolmoqda, kechasi havo harorati -15 daraja sovuqgacha tushishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 10-yanvar kuni Oʻzbekistonda koʻplab hokimliklar 11-yanvardan oʻqish qayta tiklanishini eʼlon qilgan edi. Biroq, mazkur qaror tufayli aholi oʻrtasida noroziliklar yuzaga keldi.
Shundan soʻng bir qancha viloyatlarda taʼtilni 16-yanvargacha uzaytirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling