Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan yana ikki nafar voyaga yetmagan oʻzbekistonlik bola Rossiya IIVning Moskvadagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari koʻmagida Oʻzbekistonga olib kelindi.
Maʼlum boʻlishicha, bugungi olib kelingan bolalarning biri, ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga ketgan.
Ikkinchisi esa, 2023-yildan beri mehnat migratsiyasida ekanligi, 9-sinf oʻquvchisi boʻlganidayoq opasining turmush oʻrtogʻi bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.
Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar 9 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi.