Samarqand shahar Shohi Zinda koʻchasida 13-fevral kuni soat 14:05 larda YTH sodir boʻldi.
Yoʻl boʻylab bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan KIA BONGO mashinasi TRUCK SHINERAY T30ʼni orqa qismidan urib yuborgan.
Oqibatda transport vositasi yoʻlning oʻng tarafidagi pastki kanalga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida ikkala transport vositasi haydovchilari ham Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.