Transport vaziri Ilhom Mahkamov barcha o‘zi viloyatida taksichilik qilishi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori statistik jihatdan hududlar kesimida hisob olib borish maqsadida qilingan.
Litsenziya olishda propiskaga yoki mashinaning davlat raqam belgisiga qaralmaydi.
Masalan, Surxondaryo viloyatidan 75 raqam olingan hamda doimiy yashash joyi Boysunda bo‘lsa ham, u istalgan hududda, aytaylik, Toshkentda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olishi mumkin. Bunga hech qanday taqiq qo‘yilmaydi.