Juma kuni Oʻzbekiston hududlarida yomgʻir yogʻadi

Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi

Oʻzgidromet 29-noyabr, juma kuni Oʻzbekiston hududlarida havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 13-15° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq, Ustyurtda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° iliq, choʻl hududlarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling