Bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Oʻzbekistonning koʻpchilik hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-gʻarbiy hududlaridan tashqari) yakshanba kuni yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Ertaga 15-fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. 16-fevralda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun va ertaga kunduzi harorat 7-10 daraja iliq boʻladi. 16-fevral, yakshanba kuni 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.