Oʻzbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor Elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Diplomat 57 yoshda. U 2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, Oʻrta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Fors va ingliz tillarini mukammal biladi.
Oybek Eshonov 2018-2022-yillarda mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulugʻbek Rozukulov oʻrniga tayinlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling