Oqqoʻrgʻon tumanida oʻqituvchi oʻquvchini kaltakladi

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Tarmoqlarda Oqqoʻrgʻon tumanida maktab oʻquvchisi informatika oʻqituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, 9-oktyabr kuni Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi M.A (1990-yilda tugʻilgan erkak) mazkur fandan qoʻshimcha dars oʻtayotgan vaqtida 9-sinf oʻquvchisi voyaga yetmagan Q.S (2009-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) dars jarayonida oʻqituvchini goʻyoki chalgʻitganligi tufayli oʻqituvchi oʻquvchi Q.S ni haqorat qilib, urib doʻpposlagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqoʻrgʻon tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan Q.S ga nisbatan jarohat darajasini aniqlash boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling