Sharof Rashidov tumanida joylashgan “A.B.” MCHJ qarashli bogʻdorchilik xoʻjaligining quvvati 22,9 kVt boʻlgan elektr qurilmalarini tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 627 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling