Oltiariq tumanida gaz taʼminoti boʻlimi masʼul shaxslari 153 ta aholi xonadoniga goʻyoki 2 998 ta gaz ballonlarida 1 kg uchun belgilangan 1 600 soʻmdan jami 58 520 kg. suyultirilgan gaz yetkazib berilganligi haqida elektron dasturga soxta maʼlumotlar kiritgan.
Amalda gaz toʻldirilgan ballonlarni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 262,4 ming soʻm naqd pul mablagʻlarini talon-toroj qilgan.
Shuningdek, Buloqboshi tumanida gaz taʼminoti boʻlimi masʼul shaxslari oʻzlarining moddiy javobgarligida boʻlgan umumiy bahosi 98 mln soʻmlik jami 235 dona suyultirilgan gaz ballonlarini hech qanday hujjatsiz boshqa shaxslarga berib yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling