Oʻzbekistonda 2024-yili elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 102 mlrd soʻm soliq toʻladi

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar koʻp

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 101,9 mlrd soʻm soliq toʻlangan.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar koʻp.

Toʻlangan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:

Meta - 41,1 mlrd soʻm;

Google - 26,1 mlrd soʻm;

Apple - 22,6 mlrd soʻm;

Amazon - 3,7 mlrd soʻm;

Vooking.som - 2,2 mlrd soʻm;

Zoom - 1,4 mlrd soʻm;

Netflix - 1,3 mlrd soʻm;

Acca - 1,2 mlrd soʻm;

Yandex Europe - 1,1 mlrd soʻm;

Xsolla - 900,3 mln soʻm.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling