2025-yili Toshkent metrosiga 26 ta zamonaviy poyezd xarid qilinadi

2017-yildan 2019-yilgacha 36 ta poyezd ekspluatatsiya qilingan

Soʻnggi 7 yilda Toshkent metropolitenida bekatlar soni 29 tadan 50 taga, liniyalarning umumiy uzunligi esa 38 kilometrdan 71 kilometrgacha oshdi.

2017-yildan 2019-yilgacha 36 ta poyezd ekspluatatsiya qilingan. 2024-yilga kelib ularning soni 65 taga yetkazildi.

2025-yil yakuniga qadar yana 26 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi rejalashtirilgan.

“Bu esa poyezdlar qatnov oraliq vaqtlarini sezilarli darajada qisqartiradi va yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yanada qulaylashtiradi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling