Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Askiya dehqon bozorini zamonaviy koʻrinishda qurish boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova bugungi kunda Askiya dehqon bozorida xaridorlarning kelib ketishiga bir qator noqulayliklar borligi, bozorda joylashgan avtoturargoh hajmi kichikligi, bozor ochiq hududda joylashganligi bois noqulay ob-havoda fuqarolarga noqulaylik kelib chiqayotganligi, tadbirkor va aholiga qulayliklar yetarli emasligi boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.
Bugungi kunda aholi va tadbirkorlarga qulay va shinam sharoitlar yaratib berish, eskirib qolgan bozorni zamonaviy koʻrinishga qayta qurish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganligi, bu borada bir necha investorlar tomonidan bozorni qayta qurish boʻyicha takliflar bildirilayotganligini inobatga olib, bozor hududini “e-auksion” platformasi orqali investorlarga taklif etish rejalashtirilayotganligi aytib oʻtildi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi sotib olish taklifi bilan chiqqan investorga Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Munisipial aktivlarni boshqarish markazi bilan kelishilgan holda:
— eng kamida umumiy maydoni 3 000 kv metr hududidagi “ekobozor”;
— eng kamida umumiy maydoni 1 200 kv metr hududidagi “sovutgich omborxona”;
— yer osti avtoturargohining birinchi qavatini (eng kamida 400 dona avtoturargohni) Jamiyatga begʻaraz oʻtkazib berish boʻyicha talablar qoʻyilishi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Yangi quriladigan eko bozorga xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan bozorga aylantirish haqida tanishtirildi. Erishiladigan natija:
— loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investisiyalar oʻzlashtiriladi;
— yangi bozor yonida Jahon standartlariga mos ravishda quriladigan 4 yulduzli mehmonxona ish faoliyatini boshlaydi.
Loyiha yirik savdo kompleksini oʻz ichiga olib, unga ham jahon standartlari asosida yulduz olinadi. Loyiha toʻliq quvvatda ishga tushirilishi natijasida esa 1000 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi aytib oʻtildi.
Maʼlumot uchun:
— yangi barpo etilgan bozor hududida velosepitlar uchun joy, zamonaviy oʻrindiqlar;
— Wi-Fi zonalar barpo etiladi;
— aholi uchun koʻngil ochar hududlar barpo etiladi;
— aholi uchun eskalator, imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus panduslar oʻrnatiladi;
— bozor hududida yashil hudud barpo etiladi;
— zamonaviy xojatxonalar tashkil etiladi;
— oziq-ovqat zahirasini saqlash uchun maxsus muzlatgich va qurilmalar tashkil etilishi boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling