Samarqandda davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Kongress markazi binosi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston yetakchisi oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
O‘zbekiston prezidenti va Iordaniya podshohi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya aʼzolarini qutladi.