Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqaruvidagi Lasetti avtomashinasi saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan dastlabki qiymati 900 mln soʻmlik jami 44 dona Iphone 16 ProMax uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida 13 dona Iphone 16 ProMaxʻlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling