2024-yil boshidan buyon Respublika boʻyicha gaz bilan bogʻliq jami 74 ta holat sodir boʻldi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqarma boshligʻi Abdusattor Qayumov maʼlum qildi.
Mazkur holatlar oqibatida 82 nafar (88 ta) fuqarolar vafot etdi va 80 nafar (119 ta) fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Ayrim holatlarda esa dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha aʼzolari is gazidan zaxarlanib, vafot etishdi.
Hodisalar, fuqarolar is gazining xavfli ekanligini toʻla toʻkis xis etmasliklari, targʻibotga ishonmasliklari natijasida, nostandart, qoʻlbola, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan nosoz jihozlardan hamda dudburon, shamollatish tizimlarini tekshirmasdan yoki notoʻgʻri oʻrnatilgan dudburondan foydalanganliklari natijasida sodir boʻlmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling