Piskent tumani, “Birlik” MFYdagi xonadonda 15-dekabr kuni 29 yoshli D.R, qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelgan 27 yoshli S.A. vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga xabar berdi.
Tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, shaxslarning vafoti nomaʼlum modda bilan zaharlanish, ichki aʼzolarning venoz toʻlaqonligi, miya va oʻpka shishishi aniqlangan.
Holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling