Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.
"Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
![](/storage/uploads/thumbnails/4-1735101231-ogabek-post-material-large.webp)
So‘ng davlat rahbari gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
![](/storage/uploads/thumbnails/467-1735101238-ogabek-post-material-large.webp)
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.