Qoraqalpogʻistonning ikki tumanida fuqaroni ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Xoʻjayli tumanida fuqaro o'zgani ishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 ming dollar olgan

Xoʻjayli tumanida fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli kompressor stansiyasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Taxtakoʻpir tumanida fuqarolar I.A va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatla yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling