Yangiyerda 5 mlrd soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Yangiyer shahrida “Y.Z.” MCHJ masʼul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln soʻm zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling